1
Modul 1 · 20 daqiqa
Bolalarni himoya qiliş va xavfsizlik muhitini taʼminlaş
Maqsad. Bolalar xavfsizligini taʼminlaş tamoyillari, bolalar huquqlari va har bir xodimning öquvçilarni zarar yetişidan himoya qiliş böyiça masʼuliyati haqida umumiy tuşunçani şakllantiriş.
2
Modul 2 · 20 daqiqa
Zöravonlik, eʼtiborsizlik va himoyasizlikni aniqlaş
Maqsad. Zöravonlik, eʼtiborsizlik, ekspluatatsiya, bulling va boşqa zararning mumkin bölgan belgilarini (signallarini), jumladan xulq-atvor, davomat yoki öquv faolligidagi özgarişlarni aniqlaş.
3
Modul 3 · 20 daqiqa
Bola oçilib gapirişi (içidagini aytişi)ga munosabat bildiriş
Maqsad. Diqqat bilan tinglaş, tinçlantiriş, mos savollar beriş va maxfiylik çegaralarini aniq tuşuntiriş orqali xotirjam va qöllab-quvvatlovçi tarzda javob berişni örganiş.
4
Modul 4 · 20 daqiqa
Bola xavfsizligiga oid xavotirlar haqida xabar beriş va dalolat qiliş jarayonida tartib qoidalarga rioya qiliş
Maqsad. Xavotirlarni xolisona hujjatlaştiriş, ehtimoliy zarar va taʼsirlari haqida belgilangan murojaat kanallar orqali xabar beriş, maxfiylikni saqlaş hamda amaldagi Özbekiston qonunçiligi va maktab içki tartib-qoidalariga rioya qiliş.
5
Modul 5 · 20 daqiqa
Kasbiy çegaralarni saqlaş va xavfsiz maktab tajribasini (amaliyotini) yölga qöyiş
Maqsad. Xodim va öquvçining muloqoti munosabatlarida, jismoniy munosabatlarida, yakka-ma yakka muloqotlarida, raqamli muloqot munosabatlarida, suratga olişda/tuşişda va maktabdan taşqari tadbirlarda tegişli çegaralarni qöllaş.
6
Modul 6 · 20 daqiqa
“Bolalar uçun xavfsiz maktab” madaniyatini va qadriyatini şakllantiriş
Maqsad. Xavfsiz va inklyuziv muhit yaratiş, oilalar bilan tegişli tarzda hamkorlik qiliş, tengdoşlar örtasidagi zararni bartaraf etiş va maktab miqyosida bolalar xavfsizligi böyiça masʼuliyatni kuçaytiriş yöllarini aniqlaş.